Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi

Ayni kunlarda Dubayda bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Dubayda KONKAKAF vakillari AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari prezidentlari bilan ko‘rishdi.

Jumladan, AQSh futbol federatsiyasi prezidenti Karlos Kardeyro, Meksika futbol federatsiyasi prezidenti Desio de Mariya Serrano va Kanada futbol federatsiyasi prezidentlari bilan suhbat chog‘ida futbol rivoji yo‘lida o‘zaro tajriba almashish, bolalar va ommaviy futbol bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish, marketing va homiylarni jalb qilish masalalarida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

O‘z o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, AQSh, Kanada va Meksika tarixda birinchi marta 2026-yilga Jahon chempionati qo‘shmezbonligi uchun da’vogarlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, KONKAKAF vakillari uchun Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish o‘zaro manfaatli hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring