Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi

Foto: O‘FF Matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo‘nab ketgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun 21-yanvar kuni Madridda Umid Ahmadjonov argentinalik sobiq futbolchi, 1986 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Xorxe Valdano bilan uchrashdi.

Xorxe Valdano o‘z vaqtida «Valensiya», «Real» kabi klublarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek,  bir muddat Madridning «Real» futbol klubi bosh direktori sifatida ham ish olib borgan.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov Xorxe Valdano bilan O‘zbekistonda malakali futbol murabbiylarini tayyorlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish, bolalar va o‘smirlar futbol murabbiylarining saviyasini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

«Xorxe Valdano jahon futbolidagi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri hisoblanadi. Bu insonning bilimi, yillar davomida to‘plagan tajribasidan unumli foydalangan holda, O‘zbekistonda ham ispan futboli strukturasi, bolalar va o‘smirlar murabbiylarini tayyorlash tizimini barpo qilmoqchimiz.

Xorxe Valdano kabi mutaxasassislarning qimmatli maslahatlari O‘zbekiston futbol federatsiyasi ish faoliyatini zamonaviy yo‘nalishda amalga oshirish, o‘zbek futbol klublarini yuqori bosqichga olib chiqish asqotadi, deb ishonaman», - deydi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov «Real Madrid» futbol klubi rahbariyati tomonidan «Real Madrid»- «Deportivo» uchrashuvini bevosita «Santyago Bernabeu» stadionidagi prezident lojasidan tomosha qilishga taklif etilgan bo‘lib, uchrashuvdan so‘ng «Qirollik klubi» rahbariyati bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring