Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZREPORT TV» JCh-2018 translyasiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

«UZREPORT TV» JCh-2018 translyasiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

Foto: «uzreport.news»

Rossiyaning 12ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi.

«UZREPORT» axborot agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) 2018-yilgi Jahon chempionatini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil FIFA tomonidan tashkil kilinadigan eng muhim musobaqa joriy yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinlardan tashqari telekanallar orqali o‘ziga xos Jahon chempionati kundaligi – «Highlights»lar ham efirga uzatib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring