Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noutbukdan million karra tez: AQSh Xitoydan o‘zganini ma’lum qildi

Noutbukdan million karra tez: AQSh Xitoydan o‘zganini ma’lum qildi

Foto: «Summit Installation Continues»

AQSh superkompyuterlar poygasida Xitoyni ortda qoldirdi, deya xabar bermoqda «Newsru.com». Massachusets texnologiya institutining «MIT Technology Review» jurnali yozishicha, yangi superkompyuter 200 petaflops tezlikka ega.

AQSh energetika vazirligining Ouk-Rijdagi milliy tadqiqotlar laboratoriyasida ishga tushirilgan «Summit» nomli bu superkompyuter 200 petaflops tezlikka ega, ya’ni bir soniyada 200 million milliard amal bajara oladi.

«Summit» oddiy leptop(noutbuk)ga nisbatan million karra tez ishlaydi, oldingi rekordchi — Xitoyning «Sunway TaihuLight» (93 kvadrillion amal/soniya) superkompyuteridan 60 foiz samaraliroqdir», — deyiladi nashrda.

«Summit» va uning jamlanmalari ikkita tennis kortiga teng maydonni egallagan bo‘lib, bitta avilaynerdan og‘irroq tosh bosadi.

Shu paytgacha «kuchli beshlik»ka amerikaning yagona superkompyuteri — 17,59 petaflopslik «Titan» kirardi.

Superkompyuterlar reytingida shu tobgacha ikkinchi o‘rinni — «Tianhe-2» (Xitoy, 33,9 petaflops), uchinchi o‘rinni — «Piz Daint» (Shveysariya, 19,6 petaflops), to‘rtinchi o‘rinni «Gyoukou» (Yaponiya, 19,1 petaflops) band etib turgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring