Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Videokameralar 200 dan ortiq jinoyatni fosh qildi

Videokameralar 200 dan ortiq jinoyatni fosh qildi

Foto: «ASR.UZ»

Poytaxt ko‘chalari, mahallalarida o‘rnatilgan 140 mingdan ortiq videokamera jinoyatlarni fosh etishda qo‘l kelmoqda. 200 dan ortiq jinoyatni sodir etganlar shu usulda aniqlandi.

Bu haqda kecha Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Mirzayev ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ochiq muloqotida ma’lum qilgan. 

«Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksi imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda joriy yilning yanvar, fevral oylarida Toshkentda jinoyatchilik 43,7 foizga kamayishiga erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring