Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki lotereya o‘yinlarini tashkil etishda hindlar bilan hamkorlik qiladi

Xalq banki lotereya o‘yinlarini tashkil etishda hindlar bilan hamkorlik qiladi

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida Hindistonning «Yeagle Rress Private Limited» kompaniyasining biznesni rivojlantirish menejeri Balaji Beeki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda AT Xalq banki boshqaruvi Raisi o‘rinbosari N.Abbosov, Xalq banki lotereyalarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i T.Islamov hamda tegishli bank mutaxassislari «Yeagle Rress Private Limited» kompaniyasi bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar olib borishdi.

Ma’lumot uchun aytish lozimki, «Yeagle Rress Private Limited»  kompaniyasi Hindistonning dunyoga mashhurkanselyariya tovarlari, ommaviy axborot vositalarini chop qilish, lotereyalarni tayyorlash, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, sug‘urta, mobil qurilmalar uchun dasturlar yaratish, qurilish sohasi, energetika va boshqa tarmoq sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalardan tashkil topgan «Eagle Press Group» kompaniyasining bir tarmog‘i hisoblanadi.

Ushbu kompaniya ayni paytda lahzali lotereya biletlarini ishlab chiqarish, onlayn lotereya, mobil lotereyalarning yangi turlarini joriy etish hamda lotereya o‘yinlarini tashkil etishda menejment xizmatlarini ko‘rsatish xizmatlarini olib boradi. Shuningdek, ushbu kompaniya bank sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki ham mazkur kompaniya bilan lotereya o‘yinlarini tashkil etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Uchrashuv davomida Xalq banki hamda «Yeagle Rress Private Limited»  kompaniyasi o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalarini tashkil etishga kelishib olindi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring