Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda sakkiz kishi metro qurilishida halok bo‘ldi

Xitoyda sakkiz kishi metro qurilishida halok bo‘ldi

Foto: «Publichnie Lyudi»

Xitoyning Guandong viloyatidagi Foshan shahrida metroning yangi tarmog‘i qurilishi vaqtida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Uch kishi esa daraksiz yo‘qolgan. Bu haqida shahar transport boshqarmasi xabar qilgan.

Boshqarmaning izoh berishicha, yana to‘qqiz kishi juda og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan, halokatga esa qurilishdagi baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan.

Halokatga yerosti yo‘lining cho‘kishi sabab bo‘lgani taxmin qilinayapti. Mazkur hodisa yuzasidan qutqaruv va surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Xitoyning ko‘plab shaharlarida hozir shahar transportini rivojlantirish maqsadida qurilishlar ketmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring