Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik ayol tirik erini o‘likxonaga jo‘natdi

Xitoylik ayol tirik erini o‘likxonaga jo‘natdi

Foto: Depositphotos / sudok1

Xitoylik ayol o‘lim to‘shagida yotgan erini vafot etgan deb o‘ylab, o‘likxonaga jo‘natdi. Bu haqda «South China Morning Post» nashriga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Mazkur hodisa Xitoyning markazidagi Xubey viloyatining Shiyan shahrida sodir bo‘lgan. Xuan familiyali erkakda oshqozon saratonining so‘nggi bosqichi aniqlangan. Xotini ertalab uni uyg‘otishga harakat qilganda Xuan uyg‘onmagan. Ayol erini tunda vafot etgan deya dafn xizmatini chaqirgan, ular esa «o‘lik»ni o‘likxonaga olib ketishgan.

Bir necha soat o‘tgach, jasadni ko‘mish uchun qayta kiyintirib, grimm qiluvchi xodimlar Xuanning barmoqlari va lablari qimirlaganini payqashgan. Bemorning tomir urishi tekshirilgach, uning tirikligi ma’lum bo‘lgan. Xizmatchilar zudlik bilan tez yordam chaqirganlar, ammo vrachlar kelguniga qadar bemor jon bergan.

«Bunday holat mening tajribamda uchinchi marotaba sodir bo‘lmoqda», — degan dafn etish byurosi boshlig‘i.

U vafot etdi deb taxmin qilingan og‘ir bemorlarning yaqinlariga ularning tomir urishini diqqat bilan tekshirib ko‘rishni maslahat bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring