Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaobodda davlat xizmatlari qanday ko‘rsatilmoqda? (foto)

Xo‘jaobodda davlat xizmatlari qanday ko‘rsatilmoqda? (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida Davlat xizmatlari agentligi xodimlari respublika «Ishchi guruhi» tarkibida aholining muammolarini o‘rganib, amaliy yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu haqda bizga Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Shu tumanda yashovchi kam ta’minlangan fuqaro N.Usmonovaning avariya holatidagi uyini kapital ta’mirlash bo‘yicha hashar tashkil etildi.

Tumanning «Karnaychi» MFYda yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan Ro‘zimuhammad O‘lmasov ayrim ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga ko‘ra shu kunga qadar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olmaganligi aniqlandi. «Ishchi guruh»ning sa’y-harakatlari bilan bir kunning o‘zida Ro‘zimuhammad O‘lmasovga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Darvoqe, Davlat xizmatlari agentligi DXMga kelish imkoniyati cheklanganlar uchun yana bir qulaylik yaratdi: DXAning 1148 qisqa raqamli «Ishonch telefoni» ishga tushirildi. Bu raqamga Markazlar orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring