Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘dagi ayachli voqeaning qo‘shimcha tafsilotlari ochiqlandi

Yakkabog‘dagi ayachli voqeaning qo‘shimcha tafsilotlari ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

«Qashqadaryodagi tumanlardan birida moykachi bolani so‘yib, o‘ldirib, plantatsiyaga tashlab ketibdi» sarlavhali xabar bo‘yicha ma’lumot berilgandi. 

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Uzun MFYda yashovchi Sh.A. 8 avgust kuni kunduzgi 11:50 da tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga tez yordam mashinasida keltirilgan.

Bo‘limga kelganida u ahvoli og‘ir darajada, o‘tkir tig‘li jism bilan sanchma va kesilish jarohatlari bilan qabul qilingan.

Yakkabog‘ tumani shifokorlarining tezkor yordami va 2.5 soatlik jarrohlik amaliyoti natijasida bemorning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda bemorning ahvoli yaxshi, hushi o‘zida, tuman prokuraturasi tergov bo‘limi xodimlarining savollariga javob bergan.

Ushbu holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan JKning 25, 97- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring