Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada kosmosga uchirilgan raketa portlab ketdi (video)

Yaponiyada kosmosga uchirilgan raketa portlab ketdi (video)

Yaponiyada «Interstellar Technologies» kompaniyasi yaratgan «MOMO» raketasining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Raketa uchirilgach bir necha soniyadan so‘ng portlab ketgan. Boshqaruv masofaviy amalga oshirilgani sababli kompaniya xodimlaridan hech kim shikastlanmagan. Tomoshabinlar uchun ajratilgan hudud esa yarim kilometr uzoqda bo‘lgan.

«RIA Novosti»ning xabar qilishicha, «Interstellar Technologies» prezidenti Takaxiro Inagava loyihaning muvaffaqiyatsizligi uchun investorlardan uzr so‘radi. Uning aytishicha, portlash dvigateldagi nosozliklar sababli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

Bu kompaniyaning uchuvchi apparatni kosmosga chiqarish bo‘yicha ikkinchi urinishi edi. Bundan o‘n bir oy avval Xokkaydo orolida o‘tkazilgan sinovda apparat 20 kilometrgacha ko‘tarilib, uchish joyidan 6,5 kilometr nariga, Tinch okeaniga qulagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring