Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada maktab avtobusi ag‘darilib ketdi

Yaponiyada maktab avtobusi ag‘darilib ketdi

Foto: «.Globallookpress.com»

Yaponiyada maktab avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda «Kiodo» agentligi ma’lumotlariga tayanib «Aif.ru» xabar bermoqda.

Voqea Xonsyu oroli shimolidagi Aomori viloyatining Oirase qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Avtobusda Xatinoxe shahridagi xususiy maktab o‘quvchilari ketayotgan edi.

Voqeaga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Lekin haydovchi yengil mashina bilan to‘qnashib ketmaslik uchun rulni burgan va yo‘l chetidagi to‘siqqa urilishi tufayli avtobus ag‘darilib ketgan.

Jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring