Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada qurbonlar soni 134 kishiga yetdi

Yaponiyada qurbonlar soni 134 kishiga yetdi

Foto: «Los Angeles Times»

Yaponiyada sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 134 kishiga yetdi. 88 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Kecha halok bo‘lganlar soni 126, bedarak ketganlar esa 60 nafar edi.

«Xabarlarga ko‘ra, kuchli oqim mashina ichidagi kishilarni oqizib yuribdi. Jabrlanganlarni qutqarish uchun 2 milliard iyen (20 million dollar) ajratildi», – deydi Yaponiya hukumati matbuot kotibi Yosixide Suga.

Tabiiy ofatning zarari hali aniqlanmadi.

Kecha kechga yaqin 1,8 ming kishini qutqarilgan, 11 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan, 20 mingga yaqin uy elektr energiyasisiz qolgan.

Dushanba kuni Yaponiya bosh vaziri shu yil 11-18-iyul kunlari Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga uyushtiriladigan safarlarini tabiiy ofat tufayli bekor qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring