Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yolg‘on xabar uchun olti yil: Malayziyada yangi qonun qabul qilindi

Yolg‘on xabar uchun olti yil: Malayziyada yangi qonun qabul qilindi

Sonun Malayziya fuqarosi haqida bo‘hton tarqatgan chet elliklarga ham taalluqlidir.

Foto: «horosho-tam.ru»

Malayziya parlamenti yolg‘on xabarlarga qarshi kurashish maqsadida juda katta jarima solish va ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonunni tasdiqladi.

«Reuters»ning xabar berishicha, bu qonunni buzganlar 500 ming ringgit (105 ming yevro atrofida) miqdorida jarima to‘laydi va olti yilgacha qamaladi. Qonun loyihasining birinchi versiyasida o‘n yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan edi.

Qonun elektron nashrlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatiluvchi «to‘liq yoki qisman yolg‘on mazmunga ega yangiliklar, axborot, ma’lumot va ko‘rsatmalar»ga nisbatan qo‘llanadi.

Shuningdek, qonun Malayziya fuqarosi haqida bo‘hton tarqatgan chet elliklarga ham taalluqlidir.

«Bu qonun jamoatchilikni, so‘z erkinligini buzmagan holda, yolg‘on xabarlar tarqatilishidan himoyalashga qaratilgan», — dedi parlamentdagi chiqishida mamlakat adliya vaziri Azalina Otman Said.

Muxolifat yangi qonun parlament saylovi arafasida so‘z erkinligini bo‘g‘ish maqsadida chiqarildi degan xavotirda. Saylov, sanasi belgilanmagan bo‘lsa-da, iyungacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring