Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX avtomashinasi ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

YPX avtomashinasi ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

Joriy yilning 30-sentyabr kuni soat 12:30 larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «Alpomish» savdo do‘koni ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YHXBning ma’lum qilishicha, 1995-yilda tug‘ilgan E.D. boshqaruvidagi «Damas» rusumli hamda YPX xodimi Sh.Niyozov boshqaruvida bo‘lgan «Lacyetti» rusumli avtomobillar to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan. Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring