Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada «Tolibon» harakati qatnashadimi?

Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada «Tolibon» harakati qatnashadimi?

«Reuters» axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etib, Toshkentda o‘tishi kutilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ushbu mamlakat qurolli muxolifati, jumladan, «Tolibon» radikal harakati vakillari ishtiroki haqida so‘radi.

Tashqi ishlar vazirligi mazkur savolga rasmiy javob yo‘lladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, «Tolibon» harakati vakillari ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga bevosita murojaat qilmagan.

Tadbirga BMT bosh kotibi, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili, Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif etilgan. Shuningdek, Qatarga taklif yuborilgan.

12 mart holatiga ko‘ra forumdagi ishtirokini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya tomonlari, Yevroittifoq oliy vakili va BMT maxsus vakili tasdiqlagan. AQShdan bosh kotibning birinchi o‘rinbosari qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiya joriy yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring