Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Rossiyaning Suriya bo‘yicha rezolyusiyasini qabul qilmadi

BMT Rossiyaning Suriya bo‘yicha rezolyusiyasini qabul qilmadi

Foto: «Nv.ua»

Rossiyaning Suriyada AQSh va ittifoqchilarining agressiv harakatini to‘xtatish haqidagi rezolyusiyasini BMTning Xavfsizlik Kengashi qabul qilmadi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Hujjatga faqat Rossiya, Xitoy va Boliviya ovoz bergan. Sakkiz mamlakat qarshi chiqqan bo‘lsa, to‘rttasi betaraf qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 14-aprelga o‘tar kechasi AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada kimyoviy qurol ishlab chiqariladigan ob’yektlarga zarba berishga buyruq berdi. Harbiy amaliyotga Fransiya va Buyuk Britaniya havo kuchlari ham qo‘shildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu aviahujumlarni tanqid qilib, zudlik bilan BMT Xavfsizlik Kengashi majlisini chaqirishini bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring