Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotgani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.

«Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring