O‘zbekiston Makka shahriga yo‘naltirilgan dron hujumini qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni Podshohligidagi muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanilgan hujumga urinishni qat’iyan qoraladi. Bu haqda TIV bayonotida ma’lum qilindi.
"Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq birdamligimizni bildiramiz hamda muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz.
Barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqiramiz", deyiladi rasmiy bayonotda.
Keskinlikni kamaytirish, mojaroni tarqalishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bildirilgan.
Avvalroq Saudiya tomoni Yamandagi husiylar guruhi Makka shahri tomonga dron uchirgani haqida bayonot bergandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter