Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va «Yenidog‘u» maktabiga bordi

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va «Yenidog‘u» maktabiga bordi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va «Yenidog‘u» maktabiga bordi. 

«Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan», – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

Tashrif davomida ta’lim maskanlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring