Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda FIFA rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda FIFA rahbarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

Suhbat avvalida FIFA Prezidenti O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari hamda mamlakatimizda sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali islohotlar natijalarini e’tirof etdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjonda yirik nufuzli sport tadbiri – 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

FIFA bilan futbolni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turiga qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ilgari surish borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sheriklikni, avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini transformatsiya qilish, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlash yo‘nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda FIFAning yirik turnirlari va tadbirlarini tashkil etish hamda Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring