Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sodiq Safoyev Britaniya vaziri bilan uchrashdi

Sodiq Safoyev Britaniya vaziri bilan uchrashdi

Foto: «Senat.uz»

2021-yil 14-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Janubiy Osiyo va Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi ishlari bo‘yicha Davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Buyuk Britaniya Davlat vaziri O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jumladan o‘tgan besh yil mobaynida erishilgan natijalarni yuqori baholadi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan sanoqli davlatlardan biriga aylandi. Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligi oshmoqda, gender tenglik mustahkamlanmoqda, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ta’siri kuchaymoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Parlamentlararo aloqalar sohasida, shuningdek, siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, ta’lim va boshqa sohalarda munosabatlar faollashdi.

Tomonlar 2020-yilda tasdiqlangan «Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish maqsadida samarali boshqaruv» O‘zbekistonga yordam dasturi ijrosini ko‘rib chiqdilar. Dastur mehnat, soliq va bojxona qonunchiligini takomillashtirishga, davlat korxonalari va davlat xaridlarini boshqarish sohasida samaradorlikni oshirishga, yashil iqtisodiyotni, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya muhitini kengaytirishga qaratilgan.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shuningdek, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Afg‘onistondagi vaziyat va bu mamlakatdagi keyingi voqealar rivoji yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘zaro qiziqish uyg‘otgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring