Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sog‘liqni saqlash tizimida majburiy mehnat yo‘q»! Amalda buning aksi

«Sog‘liqni saqlash tizimida majburiy mehnat yo‘q»! Amalda buning aksi

Foto: «BBC»

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘qituvchi, shifokor va talabalarni obodonlashtirish va yig‘im-terim ishlariga majburiy jalb qilinishiga qarshi qaratilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri Jamshid Niyozov ham ishtirok etmoqda.

Muxbirimizning xabar berishicha, yig‘ilishni olib borgan bosh vazir Abdulla Aripov xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovni o‘qituvchilarning mardikorlarga aylanib qolganligi tufayli juda qattiq tanqid qilgan.

Yig‘ilishda, Sirdaryo viloyati Guliston shahri o‘qituvchilari muntazam obodonlashtirish ishlariga olib chiqilgani qayd etilgan. Poytaxtning Sergeli tumanida o‘qituvchilar o‘z hisoblaridan kerakli vositalarni olib, yangi qurilgan uylarni tozalashga jalb qilingan. Bunday holat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham kuzatilgan. Budjet xodimlaridan ishchi kuchi sifatida foydalanish bilan birga ulardan muntazam qo‘shimcha mablag‘lar yig‘ib kelingan.

— Davlat tomonidan joylardagi obodonlashtirish ishlariga juda katta mablag‘ ajratilgan. Lekin joylardagi hokimliklar bu mablag‘larni o‘z o‘rnida sarflamaydilar-, dedi bosh vazir.

Obodonlashtirish ishlariga 2018-yil uchun:
714 mlrd jami ajratilgan
42 mlrd o‘zlashtirilgan
1-chorakda 170 mlrd mablag‘ o‘zlashtirilishi kerak, 30 foizigina o‘zlashtirilgan!

A. Aripov shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirini ham tanqid ostiga olgan. «Bizning tizimda majburiy mehnat yo‘q» deya bayonot bergan vazirning gapidan so‘ng surishtiruv ishlari olib borilganda vaziyat buning aksini ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi. Shu o‘rinda bosh vazir real holatni yoritgan ommaviy axborot vositalari o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tdi va kelajakda OAV xodimlari bilan faol hamkorlik qilinishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring