Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azardan tepki yegan bola Britaniya boylaridan biriga aylandi

Azardan tepki yegan bola Britaniya boylaridan biriga aylandi

11 yil oldin Eden Azar tomonidan tepki yegan «bollboy» Forbes ro‘yxatiga kiritildi: uning boyligi 70 million dollarga baholanmoqda.

«Suonsi Siti» futbol klubida to‘p olib kelib beruvchi («bollboy») bo‘lgan Charli Morgan 11 yil oldin jamoaning «Chelsi»ga qarshi o‘yinidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgandi: o‘shanda futbolchi Eden Azar uni tepgan va buning uchun qizil kartochka bilan siylangandi. Bugungi kunda Morgan qirollikning 35 yoshgacha bo‘lgan eng boy odamlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda u professional futboldan yiroq. Morgan o‘zining qimmatbaho alkogolli ichimliklar brendini yo‘lga qo‘ygan. Charli o‘z kompaniyasidan bunday tez muvaffaqiyat kutmaganini tan oldi. «Biz biznes yaxshi bo‘ladi deb o‘ylagan edik, ammo natijalar biz tasavvur qilganimizdan ancha yuqori bo‘ldi», dedi u.

U o‘z biznesini maktabdagi do‘sti Jekson Kuinn bilan boshladi va o‘tgan yili uning boyligi 55 million funt sterlingga (taxminan 70 million dollar) yetdi. 2022 yilda u Buyuk Britaniyaning «35 yoshgacha bo‘lgan» eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritilgandi. U «Chelsi» hujumchisi Rahim Sterling (61 million funt) va Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn (51 million funt) o‘rtasida 27-o‘rinni egallagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring