Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona»ning 21 yoshli hujumchisi birinchi golini urgach, Lamborjini sotib oldi

«Barselona»ning 21 yoshli hujumchisi birinchi golini urgach, Lamborjini sotib oldi

Foto: «Yandex.ru»

«Barselona» hujumchisi Fransisko Trinkao eksklyuziv Lamborghini Huracan EVO sportkarini sotib oldi. Bu haqda JM Automocion avtodileri «Instagram»da xabar berdi.

Minimal konfiguratsiyali avtomobil narxi 250 ming yevrodan (302 ming dollar) boshlanadi. Diler 21 yoshli futbolchiga xarid uchun minnatdorchilik bildirib, unga mashinadan zavq olishini tiladi.

7-fevral Trinkao futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 22-turida «Betis»ga qarshi o‘yinning (2:3) so‘nggi daqiqalarida «Barselona»ga g‘alaba keltirgan golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu portugaliyalikning ko‘k anorranglilar jamoasining asosiy tarkibidagi birinchi goli hisoblanadi.

«Barselona» hisobida 43 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar yetakchi «Atletiko»dan sakkiz ochko ortda qolishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring