Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Lamborghini»ning karton modeli 10 ming dollarga sotildi

«Lamborghini»ning karton modeli 10 ming dollarga sotildi

Bloger Devid Jons «Lamborghini»ning kartondan tayyorlangan modelini yasab, uni 10,420 dollarga sotdi. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.

Ta’kidlanishicha bloger mablag‘larning barchasini «Starship» bolalar kasalxonasidagi xayriya ishlariga sarflagan.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi 14 yoshida ushbu kasalxonada saraton kasalligi bilan davolangan.

Jons «Lamborghini»ni Internetda topilgan qog‘oz modeli asosida ishlab chiqargan va shunchaki uni 5,6 marta kattalashtirgan.

Avtomobilning eni 1,65 metr va uzunligi 3,78 metrni tashkil etadi.

«Ular eng yaxshi odamlar. Menga chin dildan g‘amxo‘rlik qilishgan. Mablag‘larni nimaga sarflashni o‘ylaganimda miyamga shundan boshqa fikr kelmadi», — deydi Jons.

Mashinaning qog‘ozdan yasalgan modelini yaratish uchun Jons ikki yarim hafta vaqt sarflagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring