Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boks. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi

Boks. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

16-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar o‘ntadan (erkaklar – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kg), (ayollar – 48, 51, 54, 57, 60, 64, 69, 75, 81 kg ) vazn toifasida o‘tkaziladi.

Qit’a birinchiligiga delegatsiyamiz quyidagi tarkibda yo‘l oladi:

Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Do‘smatov
- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
- 60 kg: Shukurjon Rahimov
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
- 75 kg: Isroil Madrimov
- 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov
- 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
- 48 kg: Fotima Tursunboyeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 54 kg: Tursunoy Rahimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Meliyeva
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova
- 81 kg: E’zoza Meliyeva

Ta’kidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, o‘z navbatida Olimpiya o‘yinlari litsenziyalari o‘ynaladigan musobaqa hisoblanadi. Shu bois, mamlakat federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka jo‘nab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari bo‘yicha 1-raqamli sportchilarni, ya’ni Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar charm qo‘lqop ustalarini saralab olishga e’tibor qaratishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring