Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futbol. O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Futbol. O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi rasman tasdiqlandi. Buni avval Qirg‘iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin xabar qilgan edi. Bugun O‘FA ushbu uchrashuv o‘tkazilishi borasida rasman xabar berdi.

«O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 noyabr kuni Toshkentda Qirg‘iziston milliy termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin «Paxtakor» stadionida tashkil etiladi», — deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.

Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, noyabrda FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda ikkita rasmiy o‘yin o‘tkazadi. Saralash bosqichi doirasida dastlab 14 noyabrda Saudiya Arabistoni mehmon bo‘lsa, keyinchalik 19 noyabr kuni Falastinga qarshi o‘yin orqali ikkinchi davraga start beriladi.

Ayni paytda terma jamoamiz JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichining «D» guruhida 4 turdan keyin 6 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring