Gvardiola Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
Ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi, deb xabar beradi Championat nashri jurnalist Fabritsio Romanoga tayanib.
Italiya futbol federatsiyasi 55 yoshli mutaxassisga nafaqat milliy terma jamoani boshqarishni, balki Italiya futbolidagi islohotlarda, jumladan, yoshlar rivojlanishi tizimida ishtirok etishni ham o‘z ichiga olgan to‘rt yillik loyihani taklif qildi.
Federatsiyaning texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo Barselonada muzokaralar olib borishdi, ammo ular natijasiz qaytishdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Italiya Gvardiolaga yiliga 10 mln yevro taklif etgan, biroq mutaxassis ikki barobar maosh istagan.
Gvardiola bu hafta taklifni ko‘rib chiqdi, ammo oxir-oqibat rad etishga qaror qildi. Murabbiy oldinda turgan ish hajmidan xavotirda edi va u oilasiga vaqt ajratishni va ko‘p yillik mashaqqatli mehnatdan so‘ng tiklanishni xohlaydi.
Manbalarga ko‘ra, federatsiya vakillari va Gvardiola o‘rtasidagi suhbat bir daqiqadan kam davom etdi.
Gvardiola 2016-yildan beri «Manchester Siti»ni boshqarib keldi va 2025/26 yilgi mavsum oxirida ingliz klubini tark etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter