Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattalar yirik hisobda yutqazgan kunda olimpiyachilar yirik hisobda g‘alaba qozondi

Kattalar yirik hisobda yutqazgan kunda olimpiyachilar yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: «Championat.asia»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati saralashini ancha muvaffaqiyatli boshladi va Hindistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Ammo o‘yinda butkul boshqacha natija qayd etilishi ham mumkin edi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Hindiston olimpiya terma jamoasi ikki marta qulay vaziyatga ega bo‘ldi, ammo zarbalar to‘g‘ri darvozabonning o‘ziga yo‘llandi. Aksincha, Lyubinko Drulovich qo‘l ostida ilk rasmiy o‘yinda maydonga tushgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining o‘yini birinchi bo‘limda umuman qovushmadi. Faqat 43-daqiqada Hindiston darvozasiga belgilangan penalti bo‘limni qutqarib qoldi. Zarbani Islom Qobilov aniq yo‘lladi - 1:0.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin deyarli shunday ko‘rinish olgandi. Faqat zaxiradan Bobir Abduholiqov va Jasur Yaxshiboyev tushirilgach vaziyat o‘zgardi. O‘zbekiston olimpiya jamoasining o‘yiniga mazmun kirdi va jamoamiz yirik, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam O‘zbekiston milliy jamoasi China Cup musobaqasida Urugvaydan xuddi shunday hisobda mag‘lubiyatga uchragan edi.

Osiyo chempionati saralashi
Hindiston U-23 — O‘zbekiston U-23 0:3 LIVE
Gollar: Islomjon Qobilov 45 penalti, — 0:1. Bobir Abdixoliqov 79, — 0:2. Bobir Abdixoliqov 83, — 0:3.
Hindiston U-23: 1.Diraj Singx, 3.Anvar Ali, 4.Golui Sartak, 7.Anirud Tapa, 8.Vinit Rai (C), 9.Daniel Lalxlimpuiya, 12.Abdul Saxal, 17.Rahul Kannoli Pravin (11.Komal Tatal, 55), 19.Lallianzuala Changte, 21.Gaurav Bora, 22.Nishu Kumar (2.Asish Rai, 86).
O‘zbekiston U-23: 1.Umidjon Ergashev, 2.Islomjon Qobilov (C), 5.Dilshod Saitov, 6.Nurillo To‘xtasinov (Oybek Bozorov, 80), 7.Oston O‘runov, 8.Islom Kenjaboyev, 11.Mirjahon Mirahmadov (9.Jasurbek Yaxshiboyev, 64), 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov (10.Bobir Abdixoliqov, 52), 19.Ilhomjon Alijonov, 20.Husniddin G‘ofurov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring