Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelishilgan o‘yinlar yildan-yilga ko‘paymoqda

Kelishilgan o‘yinlar yildan-yilga ko‘paymoqda

Foto: Futbol 24

Starlizard Integrity Services (SIS) tahlil kompaniyasi kelishilgan futbol o‘yinlariga oid yillik hisobotini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, 2023-yilgi 167 ta o‘yin shubhali deb tan olindi.

Solishtirish uchun: 2022-yilda 144 ta o‘yin shubha ostiga olingandi.

Tadqiqotchilar jahon bo‘yicha 65 mingta o‘yinni tahlil qilib chiqishdi. Shubhali tuyulgan o‘yinlarning 69 tasi (41,3 foizi) UYeFA tomonidan Yevropada; 42 tasi (25,2 foizi) oliy ligalarda; 10 foizi o‘rtoqlik o‘yinlarida; 6 foizi yoshlar jamoalari o‘yinlarida kuzatilgan.

«Afsuski, bizning xulosalarimiz futbolning butunligi doimiy va tashvishli xavf ostida ekanidan dalolat beradi, shubhali o‘yinlar soni esa yildan-yilga oshmoqda», — SIS rahbari Affi Shayxdan iqtibos keltirdi Odds nashri.

Starlizard Integrity Services «shubhali» o‘yinlarni bukmekerlarga tikilgan pullar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va bukmekerlik liniyasidagi turli harakatlarga qarab aniqlaydi. Kompaniya gumon qilingan o‘yinlar bo‘yicha tegishli organlar surishtiruv olib borishi shart, deb hisoblaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring