Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi uchun kurashdan chiqib ketdi

«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi uchun kurashdan chiqib ketdi

Foto: Sportbox

Bugun Angliya premer-ligasi 35-turi doirasida bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qildi: Antoni 79-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi, biroq Onananing 87-daqiqadagi xatosi qimmatga tushdi — penaltidan gol kiritgan «Byornli» «Old Trafford»dan durang bilan qaytdi — 1:1. O‘yindan so‘ng Erik ten Hag shogirdlari 54 ochko bilan 6-o‘rinda — YChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati qolmadi. 4-o‘rinda ketayotgan «Aston Villa» hisobida 66 ochko bor.

«MY»ning yaqin ta’qibchisi — «Nyukasl» «Sheffild»ni yengib 53 ochko bilan 7-o‘rinda boryapti. Turnir boshidan buyon atigi 16 ochko jamg‘argan «Sheffild» rasman APL bilan xayrlashdi.

APL. 35-TUR

Manchester Yunayted – Byornli 1:1

Gollar: 1:0 avtogol 79 Antoni, 1:1 avtogol 87, penalti Amduni.

Nyukasl – Sheffild Yunayted 5:1

Gollar: 0:1 — 5 Ahmedhodjich, 1:1 — 26 Isak, 2:1 — 54 Bruno Gimaraes, 3:1 — 61, penalti Isak, 4:1 — 65, Osborn (avtogol), 5:1 — 72 Uilson.

Vulverhempton – Luton 2:1

Gollar: 1:0 — 39 Xvan Xi Chxan, 2:0 — 50 Gomesh, 2:1 – 80 Morris.

Fulhem – Kristal Pelas 1:1

Gollar: 1:0 — 52 Rodrigo Muniz, 1:1 — 87 Shlupp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring