Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mourinoning «Roma»si finalda «Sevilya» bilan o‘ynaydi

Mourinoning «Roma»si finalda «Sevilya» bilan o‘ynaydi

Yevropa Ligasida ham finalchilar aniqlandi. «Sevilya» o‘ziniki bo‘lib qolgan turnirdan bu safar «Yuventus»ni chiqarib yubordi.

Ikkinchi yarimfinalda «Roma» Leverkuzenda «Bayer» bilan durangga erishdi va Rimdagi minimal hisobdagi g‘alaba evaziga hal qiluvchi bosqichga chiqdi.

O‘tgan mavsumda Konferensiyalar Ligasida g‘olib bo‘lgan Mourino jamoasi bu yil Yevropa Ligasida g‘olib chiqishga urinib ko‘radi.

Yevropa Ligasi. Yarimfinal. Javob o‘yinlari

Sevilya — Yuventus 2:1
Gollar:
 Suso (71), Lamela (95) — Vlahovich (65). 
Sevilya – Bunu, Navas (Gomes, 106), Bade, Gudel, Akunya, Rakitich, Fernando, Okampos (Lamela, 70), Torres (Suso 62, Rekik 117), Xil (Montel, 100), An-Nosiri.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bremer, Gatti, Kuadrado (Milik, 105), Di Mariya (Keza, 64), Rabo, Lokatelli (Miretti, 86), Fajoli (Paredes, 41), Ken (Vlahovich, 64), Ayling (Kostich, 86).
Ogohlantirishlar: Ken (11), Akunya (57), Danilo (105), Suso (117), Paredes (117). 
Chetlatish: Akunya (115). 
Birinchi o‘yin — 1:1.

Bayer — Roma 0:0
Bayer
 – Gradetski, Frimpong, Ta (Amiri, 86), Tapsoba, Inkapie, Bakker (Adli, 73), Demirbay, Palasios (Glojek, 80), Virts, Diabi, Ozmun.
Roma – Patrisiu, Chelik (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kristante, Spinatssola (Zalevski, 34), Matich, Pellegrini, Bove, Belotti (Veynaldum, 46), Abraham.
Ogohlantirishlar: Inkapie (45+3), Palasios (56), Bakker (70), Rojer (70), Kristante (89), Diabi (90), Tapsoba (90+7), Abraham (90+9).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Final bahsi 31 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring