Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston bir kunda beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston bir kunda beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sharifa Davronova

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarida kuchli beshlikka kirdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi hozirda davom etayotgan Aichi-Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida 6 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.

Bugunning o‘zida besh sportchi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jumladan, Shohsanam Sherzodova (kanoeda eshkak eshish), Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev (akademik eshkak eshish), Vladimir Svechnikov (pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan otish), O‘tkirbek Jo‘rayev (sport gimnastikasi) va Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash) oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

E’tiborlisi, Svechnikovning g‘alabasi o‘q otish sporti turlarida Osiyo o‘yinlarida 32 yillik tanaffusdan keyin qo‘lga kiritilgan oltin medal bo‘ldi. Shuningdek, u 244,3 ochko bilan Osiyo o‘yinlari rekordini ham yangiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring