Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi shiorini tanglang!

O‘zbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi shiorini tanglang!

2019 yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi «F» guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi. 

Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo‘yiladi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. 

Terma jamoamiz uchun 3ta shior varianti taqdim etilgan: 

«KUCh BIRLIKDA» — «FORCE IN UNITY»
«BITTA OSIYo. BITTA JAMOA, BITTA ORZU» — «ONE ASIA. ONE TEAM. ONE DREAM».
«BIZ ShU YeRDAMIZ. O‘ZBEKISTON» — «HERE WE ARE. UZBEKISTAN»

Quyidagi havola orqali OFK rasmiy saytiga o‘tib, o‘zingizga yoqqan shior uchun ovoz berishingiz mumkin.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan shior Osiyo Kubogi davomida terma jamoamizni olib yuradigan avtobusda aks etadi. Ovoz berish jarayoni shu yilning 1 noyabr kuniga qadar davom etadi. Qaysi shior eng ko‘p ovoz olgani 5 noyabr kuni e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring