Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor» sotuvi to‘xtatildi

«Paxtakor» sotuvi to‘xtatildi

«Paxtakor» klubi vaqtincha sotuvdan olindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda. 

«Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, joriy yilning 16 yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida «Paxtakor futbol klubi» MChJning 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligi to‘g‘risida e’lon berilgan edi.

O‘tgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rgangan holda, «Paxtakor futbol klubi» MChJning 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha «Paxtakor» sotilishi rasman ma’lum qilingandi. Shuningdek, klub stadioni va uning atrofidagi yer masalasi ham jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring