Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Roberto Karlos master-klass namoyish qildi (foto)

Roberto Karlos master-klass namoyish qildi (foto)

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

«Real» klubining sobiq a’zosi dastlab O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do‘ppimiz sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, braziliyalik jahon chempioni  yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi. U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi.

Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeyev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roщin kabi futbolchilardan tashkil topgan «Paxtakor» va O‘zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p surdi. Uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilgan. 

Shundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg‘alar taqdim qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring