Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu so‘nggi sakkiz yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Ronaldu so‘nggi sakkiz yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Saudiyaning «Al-Nasr» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi 8 yildagi faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazmoqda.

4 may kuni Ronaldu «Al-Vahda» klubi darvozasiga uchta gol urdi. Endi uning hisobida 2023/24 yilgi mavsumda 45 ta gol bor. Bu Ronalduning 2015/16 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi ko‘rsatkichidir. O‘shanda u «Real Madrid» safida o‘ynab, 51 marta gol urgan.

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilishda davom etmoqda, hozirda uning hisobida 32 ta gol, bundan tashqari 10 ta golli uzatma ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 2-yanvarida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi o‘yinchisiga aylandi va u bilan shartnoma bo‘yicha yiliga 200 million yevro oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring