Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosovning jangi sanasi o‘zgardi

Shahram G‘iyosovning jangi sanasi o‘zgardi

O‘zbekistonlik bokschi 2024 yil 13 yanvar kuni AQShda o‘tkazishi xabar qilingandi. Jang sanasi o‘zgartirildi.

Professional boksning yarimo‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO) o‘zining 15-jangini meksikalik 34 yoshli Pablo Sezar Kanoga (35-8-1, 25 KO) qarshi o‘tkazishi rasman tasdiqlandi.

AQShning Orlando shahrida tashkillashtirilayotgan jang 24 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Jang g‘olibi WBA Regular chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi va Eimantas Stanionisga qarshi ringga ko‘tarilish imkoniga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring