Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umar Kremlyov Xalqaro boks assotsiatsiyasi rahbarligida qoldi

Umar Kremlyov Xalqaro boks assotsiatsiyasi rahbarligida qoldi

Foto: Gipoteza.org

Rossiyalik Umar Kremlyov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA, AIBA) prezidenti lavozimini saqlab qoldi. Ushbu qaror Yerevanda o‘tgan IBA navbatdan tashqari kongressida qabul qilindi.

Tashkilotga yangi rahbar saylashga qarshi 106 nafar delegat ovoz berdi, 36 nafar delegat yangi prezident saylash uchun ovoz bergan bo‘lsa, 4 nafar delegat betaraf qoldi.

39 yoshli Kremlyov 2020-yildan beri IBA prezidenti. Bungacha Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring