Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yosh atletimiz dast ko‘tarishda Ruslan Nurudinovdan kuchli chiqdi

Yosh atletimiz dast ko‘tarishda Ruslan Nurudinovdan kuchli chiqdi

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun eng og‘ir vazn toifasidagi polvonlarning bahsi bilan musobaqaga yakun yasaladi. Ayni paytda -109 va +109 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, terma jamoamizning yosh vakillaridan biri Sharofiddin Amriddinov (-109 kg) dast ko‘tarish mashqida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Ruslan Nurudinovni ortda qoldirib, ushbu dasturda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Nurudinov 175 kg bilan kumush medalga ega chiqdi. Amriddinov esa 176 kg toshni bo‘ysundirdi.

Musobaqaning siltab ko‘tarish bahslari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring