Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zidan Beylning «Tottenhem»ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Zidan Beylning «Tottenhem»ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Foto: «Izvestiya» / «FootballHD»

«Real Madrid» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa yarimhimoyachisi Garet Beylning «Tottenhem» klubiga o‘tayotganiga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, uelslik futbolchi londonliklar safiga ijara asosida qo‘shilmoqda.

«U go‘yoki men tufayli ketayotgani haqidagi gap-so‘zlarga qo‘shilmayman. Aslo bundaymas. O‘rtamizda muammo bo‘lmagan, unga esa omad tilayman.

Biz transferi haqida gaplashmadik. «Real»da qoyilmaqom natijalarga erishdi, bunga gap bo‘lishi mumkin emas. Beyl o‘z darajasini ko‘rsatib, shunga yarasha ko‘p sovrinlar yutdi. U yetarlicha o‘ynamadi? Ha, ammo buning o‘ziga yarasha sabablari bor», — dedi Zidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring