Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer nega dumaloq emas?..

Yer nega dumaloq emas?..

Foto: kristian fagerström/flickr

Sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari, ko‘pchiligimizning nazarimizda, o‘ta mukammal shar shaklida — biroq bunaqasini faqat rasmlarda uchratasiz, aslida unday emas.

Agar qo‘lingizda Yerning qoq o‘rtasidan boshlanib sayyoraning eng baland nuqtasida tugaydigan juda uzun o‘lchagich bo‘lganida edi, siz Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga duch kelmasdingiz. Yerdagi eng baland nuqta dunyoning butunlay boshqa tomonida — Ekvadorda joylashgan, yozmoqda «Live Science».

Qutblarda Yer silliqlangani bois, Ekvadordagi Chimboraso so‘ngan vulqoni Everest cho‘qqisidan balandroq. Ta’bir joiz bo‘lsa, Ekvador joylashgan ekvator chizig‘i — Yerning eng turtib chiqqan qismi. Yer mukammal shar emas, balki tekis sferoid (sharsimon) shaklga ega.

Yer suv bilan nafaqat tirik, balki go‘zal hamdir (o‘ng tomonda okean va dengizlarsiz Yer tasviri).

«Aslida aksariyat sayyoralar va yo‘ldoshlar chinakam sharlar emas, u yoki bu tarzda silliqlangan», — tushuntirdi NASA reaktiv harakatlar laboratoriyasi sayyorashunosi Tattl Kin.

Yer, boshqa sayyoralar va yo‘ldoshlar nega mukammal shar shaklida emas?

Sababi — aylanuvchi jismga ta’sir qiluvchi markazdan qochish kuchi. Markazdan qochish kuchi — harakatlanuvchi moddiy nuqta jismga ta’sir qiladigan, uning harakatini cheklaydigan va egri chiziqli yo‘nalishda harakat qilishga majbur qiluvchi kuch.

Sayyoralar va yo‘ldoshlar aylanar ekan, markazdan qochish kuchi ularning ekvatorlarini «semirtiraveradi». Yupiter va Saturn bunga yaqqol misol. Siz bu gaz gigantlarining masshtablashtirilgan tasvirlarini kuzatsangiz, ular qutblarida nisbatan tekis, o‘rta qismida esa enliroq ekanini ko‘rasiz. Kinning aytishicha, Quyosh tizimida eng tez aylanuvchi (o‘z o‘qi atrofida) sayyoralar bo‘lgani uchun ham ularda bu xususiyat yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Jism o‘z o‘qi atrofida qancha tez aylansa, unga markazdan qochish kuchi shuncha ko‘p ta’sirini o‘tkazadi.

Xaumea karlik sayyorasi.
Foto: Instituto de Astrofísica de Andalucía/NASA)

Yana bir misol: Pluton kattaligidagi Xaumea karlik sayyorasi. Koyper belbog‘ida joylashgan ushbu sayyora o‘z o‘qi atrofida shunchalik shiddatli aylanadiki (4 soatda bir marta!), oqibatda deyarli tuxum ko‘rinishiga kelib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring