Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ana xolos! Kattalar bolalarga mo‘ljallangan masalani yecha olmadilar

Ana xolos! Kattalar  bolalarga mo‘ljallangan masalani yecha olmadilar

Foto: «Letidor»

Yetti yashar o‘quvchi Aylaning onasi Enji Verner qiziga oddiy masalani yechishda yordam bermoqchi bo‘ldi va javob topa olmaganidan uni rasmga olib «Facebook» tarmog‘iga qo‘ydi. Ayolning ko‘rgazmada ro‘yxatga olinayotgan itlar haqidagi jumbog‘i ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortgan, deya yozmoqda «Daily Mail».

Foto: «Daily Mail»

Masala quyidagicha: «Ko‘rgazmada 49 ta it ro‘yxatga olindi. Kichik itlar katta itlarga nisbatan 36 ta ko‘p. Xo‘sh, jami qancha kichik it bor?».

Ammo e’tiborga molik jihati, tarmoqdan hech kim mazkur masalaga to‘g‘ri javob bera olmadi. Ko‘pchilik javobni 13 deya belgilagan.

Keyinroq Vernerning tushuntirishicha, qizining muallimi to‘g‘ri javob 42,5 deb aytgan. Javobning aralash son ekanligi masalani maktablarga tarqatgan tuman mutasaddilarining aybi deyilgan.

Masalani yechish uchun tenglama tuziladi. Ya’ni kichik itlar soni x deb olinsa, x + (x - 36) = 49 tenglamasi hosil bo‘ladi. U to‘g‘ri yechilganda mazkur javob kelib chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring