Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yil 11-sinflarni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

Bu yil 11-sinflarni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili boshida barcha mulkchilik shaklidagi umumta’lim muassasalari 11-sinflarida jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistondagi maktablarni bitirganlar soni 391 568 nafarni tashkil etgandi. Demak, bu yil bitiruvchilar soni o‘tgan yilga solishtirganda qariyb 23 ming nafar ko‘p. 

Hududlar kesimda 2023/2024-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarining 11-sinfda o‘qigan o‘quvchilar soni (ming nafar):

Jami | qiz bolalar | o‘g‘il bolalar

O‘ZBEKISTON — 414,6 | 223,1 | 191,5

Qoraqalpog‘iston R. — 23,1 | 12,6 | 10,5

Andijon viloyati — 34,7 | 19,0 | 15,7

Buxoro viloyati — 22,9 | 12,3 | 10,6

Jizzax viloyati — 17,7 | 9,5 | 8,2

Qashqadaryo viloyati — 44,2 | 24,0 | 20,2

Navoiy viloyati — 12,2 | 6,7 | 5,5

Namangan viloyati — 30,0 | 16,9 | 13,1

Samarqand viloyati — 49,1 | 26,5 | 22,6

Surxondaryo viloyati — 34,1 | 18,1 |16,0

Sirdaryo viloyati — 10,3 | 5,5 | 4,8

Toshkent viloyati — 31,0 | 16,4 | 14,6

Farg‘ona viloyati — 43,4 | 24,2 | 19,2

Xorazm viloyati — 25,7 | 13,8 | 11,9

Toshkent shahri — 36,2 | 17,6 | 18,6

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring