Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:

ARWU – The Academic Ranking of world Universities;

THE – Times Higher Education;

QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari 2018-yilda e’lon qilingan ro‘yxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e’lon qilingunga qadar amal qiladi.

Ro‘yxatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining  rasmiy sayti orqali ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring