Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yoshlar VGIKda o‘qish uchun yuborildi

O‘zbekistonlik yoshlar VGIKda o‘qish uchun yuborildi

O‘zbekistonlik yoshlar VGIKda o‘qish uchun yuborildi

Butunrossiya davlat kinematografiya institutida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramda VGIKga o‘qishga kirgan 22 nafar o‘zbekistonlik yoshlar ham ishtirok etishdi. VGIK 1979 yildan buyon ilk marotaba aktyorlik ustaxonasiga o‘zbekistonlik talabalarni jalb qildi. Yoshlar 4 yil mobaynida «Maysaraning ishi», «Ibrat», «Baron» va boshqa filmlari bilan O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Maxmudov ustaxonasida akademik amaliyotni o‘taydi. Bugun kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarning barchasi VGIK rektori Vladimir Malishev va institut ma’muriyati vakillari bilan tanishdilar.

«Nihoyat, kinematografik ta’lim sohasidagi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘qolgan aloqalar tiklanmoqda. O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar VGIK devorlari ichida kino asoslarini, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini o‘rganayotganidan baxtiyorman. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, - dedi VGIK rektori Vladimir Malishev.

VGIK talabalari uchun o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ham ishtirok etdi:

– Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik talabalarni o‘qitishni tashkillashtirish, shuningdek, Toshkent shahrida VGIKning filialini ochish tashabbusi shaxsan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga tegishli, – deya ta’kidladi Agentligi bosh direktori. – Misol uchun, Prezident VGIK filialini ochish haqidagi qarorga aynan bayram kunlari arafasida imzo chekdi. Bu mamlakatimiz kinematografiyasi vakillari uchun yana bir ajoyib yangilik bo‘ldi. Biz VGIK rahbariyati bilan institut filialining ochilish marosimini shu yilning 28 sentyabridan 3 oktyabrigacha bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazishga kelishib oldik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring