Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qabul-2020: Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 100 mingdan oshdi

Qabul-2020: Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 100 mingdan oshdi

2020-yil 23-iyun soat 18:01 holatiga respublika bo‘yicha jami 102 116 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 58 684 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ kunduzgi – 69 670 nafar;

▪️ sirtqi – 30 891 nafar;

▪️ kechki – 15 554 nafar.

Respublikada eng yuqori tanlov (bir o‘ringa nisbatan):

▪️ Andijon tibbiyot instituti – 3,08 nafar;

▪️ Andijon davlat universiteti – 2, 88 nafar;

▪️ Andijon mashinasozlik instituti – 2,76 nafar;

▪️ Toshkent davlat yuridik universiteti – 2,55 nafar;

▪️ Toshkent moliya instituti – 2,29 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

▪️ Andijon davlat universiteti – 6990 nafar;

▪️ Samarqand davlat universiteti – 5995 nafar;

▪️ Toshkent davlat pedagogika universiteti – 4403 nafar;

▪️ Namangan davlat universiteti – 4331 nafar;

▪️ Termiz davlat universiteti – 4137 nafar.

Tillar kesimida:

▪️ o‘zbek tilida –87 676 nafar (86 %)

▪️ rus tilida – 12 522 nafar (12,2 %)

▪️ qoraqalpoq tilida – 1587 nafar (1,5%)

▪️ boshqa tillarda – 330 nafar (0.3%).

Hududlar miqyosida:

1️. Toshkent shahri – 29 669 nafar;

2️. Andijon viloyati – 12 345 nafar;

3️. Samarqand viloyati – 11 242 nafar;

4️. Surxondaryo viloyati – 6468 nafar;

5️. Farg‘ona viloyati – 6413 nafar;

6️. Namangan viloyati – 6308 nafar;

7️. Toshkent viloyati – 5575 nafar;

8️. Qashqadaryo viloyati – 4762 nafar;

9️. Jizzax viloyati – 3641 nafar;

10. Sirdaryo viloyati – 3512 nafar;

1️1. Buxoro viloyati – 3265 nafar;

12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3248 nafar;

1️3. Navoiy viloyati – 2967 nafar;

1️4. Xorazm viloyati – 2700 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring