Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rektorlar OTM bitiruvchilarining elektron bazasini tuzishni taklif qildi

Rektorlar OTM bitiruvchilarining elektron bazasini tuzishni taklif qildi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yagona elektron bazasini tuzish taklif etildi. OTM rektorlari yig‘ilishida aynan shunday taklif bildirilgan.

Yaqinda o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari yig‘ilishida OTM talabalari, xodimlari va o‘qituvchilar haqida onlayn ma’lumotlar yo‘qligi tanqid ostiga olindi. Natijada xorijlik hamkorlar o‘zbek olimlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi ta’kidlab o‘tildi.

Ayni vaqtda OTMlarda 29 297 professor va o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2023 nafari fan doktori va professorlar hisoblanadi. Yana 7050 nafar fan nomzodlari va doktorlar borligi aytilgan.

Rektorlar yig‘ilishida xalqaro talab va standartlarga asoslangan holda olimlarga pasport berilishi aytib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring