Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Sattorov: Xalqaro tadqiqotlarda birinchi sinfning oxiriga qadar o‘qishni o‘rganmagan o‘quvchining uchinchi sinf so‘ngida ham o‘zlashtirishda orqada qolishi isbotlangan

Shuhrat Sattorov: Xalqaro tadqiqotlarda birinchi sinfning oxiriga qadar o‘qishni o‘rganmagan o‘quvchining uchinchi sinf so‘ngida ham o‘zlashtirishda orqada qolishi isbotlangan

Foto: «Uz.sputniknews.ru»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda fan dasturlarining uzviyligini ta’minlash bo‘yicha yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Respublika ta’lim markazi rasmiy kanalida ma’lumot berilgan.

Yig‘ilishda Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov fan dasturlarining mazmun-mohiyati, ta’lim mazmuni, darsliklarni yaratish tizimini takomillashtirish hamda uzluksiz ta’limda umumiy o‘rta ta’limning ahamiyati masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Umumiy o‘rta ta’lim keng qamrovli bo‘lishi kerak

Umumiy o‘rta ta’limining maqsad-mohiyati keng qamrovli bo‘lishi, o‘quvchilarda nafaqat yaxshi ish topish uchun zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishga yordam berishi, shuningdek, jamiyatda faol fuqarolar sifatida o‘z o‘rnini egallashga tayyor, zarur paytda mas’uliyatni zimmasiga olib, to‘g‘ri qaror chiqarish ko‘nikmasiga ega avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan bo‘lishiga diqqat qilinmoqda.

Uzviylikni ta’minlovchi tizimni yaratish uchun zarur talabalarni belgilaydigan mezonlarni ishlab chiqish kerak

Mazkur maqsadni amalga oshirish ta’limni isloh qilish ishtirokchilari, siyosatchilar va ma’murlardan, o‘qituvchilardan ta’limni bir-biridan ajratilgan sektorlar emas, balki o‘zaro bog‘liq, o‘zaro uyg‘un bo‘lgan tizim sifatida ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bunday yagona, bir-birini tizimli to‘ldiruvchi tizimni yaratish uchun zarur talabalarni belgilaydigan ko‘rsatkichlarni, mezonlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.

Qanday ko‘rsatkichlar inobatga olinadi?

🔹Maktabgacha ta’lim muassasasiga «o‘rganishga tayyor» bo‘lib kelishi maqsadga muvofiq. Xususan, bunda ikki muhim tarkibiy qismga diqqat qilish lozim.

👉Bolalarning jismoniy, ijtimoiy va hissiy tayyorligi, eng muhimi, bolalarning kognitiv o‘rganishga bo‘lgan tayyorligi va maktablarning tayyorligi.

👉Har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi bolalarga o‘rganish va rivojlanish uchun zarur imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Xalqaro tajriba

Bugun umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot amaliyotini yo‘lga qo‘yish oliy ta’limga sifatli kadrlarni yetkazib berishning kafolatidir.

🔹Misol uchun, xalqaro tadqiqotlarda birinchi sinfning oxiriga qadar o‘qishni o‘rganmagan o‘quvchining uchinchi sinf so‘ngida ham o‘zlashtirishda orqada qolishi isbotini topgan.

🔹1993-yilda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, uchinchi sinfda ham o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning istiqbolda oliy ta’limga kirish yoki jamiyatda o‘z o‘rnini egallash imkoniyati ham past bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring